AXBOROTNING KRIPTOGRAFIK HIMOYASI: RIVOJLANISH BOSQICHLARI, ASOSIY USULLAR VA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
Annotatsiya
Maqolada axborotni kriptografik himoyalashning rivojlanishi to‘rt bosqichga ajratilib, har bir bosqich usullari miqdoriy mezonlar — kalit fazosi, chastota tahliliga bardoshlilik va lavina effekti — asosida baholangan. Eksperiment uchun 15 216 harfdan iborat o‘zbekcha lotin yozuvidagi matn korpusi tuzildi. Sezar shifri kalitlari 20 harfli shifrmatnda 93,0 %, 100 harflida 100 % hollarda xi-kvadrat mezoni yordamida tiklandi. Kalit uzunligi 8 bo‘lgan Vijiner shifri 100 harfda 12,0 %, 400 harfda esa 98,7 % hollarda buzildi. O‘zbek matni uchun moslik indeksi 0,073 ni tashkil etdi, bu tasodifiy matndagi 0,0385 dan qariyb ikki baravar yuqori. Klassik shifrlarda ochiq matnning bir bitini o‘zgartirish chiqishdagi bitlarning 1,3–1,4 % ini, AES-128 da esa 49,91 % ini o‘zgartirdi. 3DES kalitidagi bir bit o‘zgarishi o‘rtacha 44,43 % bit o‘zgarishiga olib keldi, bu juftlik bitlari ta’siri bilan izohlanadi. Natijalar asosida kriptografik usullarni baholashning besh mezonli modeli va amaliy tavsiyalar taklif etildi.
Hali tarjima qilinmagan