TA’LIMIY VA IJTIMOIY REKLAMANING O‘SMIRLARDA O‘QUV VA KASBIY MOTIVATSIYANI SHAKLLANTIRISHDAGI O‘RNI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Reklama haqida so‘z borganda ko‘pincha uning salbiy ta’siri, ya’ni ortiqcha iste’molga undashi, manipulyatsiya va noto‘g‘ri ideallar tilga olinadi. Biroq reklama ishontirish vositasi sifatida neytral bo‘lib, uning ta’siri qanday maqsadga yo‘naltirilganiga bog‘liq. F.Kotler va J.Zaltman “ijtimoiy marketing” tushunchasini kiritib, marketing va reklama usullari ijtimoiy g‘oyalar va foydali xulq-atvorni targ‘ib qilishda ham samarali qo‘llanishi mumkinligini asoslagan. Shu nuqtai nazardan ta’limiy va ijtimoiy reklama o‘smirlarda o‘qishga, kitob mutolaasiga, kasb egallashga va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan motivatsiyani shakllantirishning muhim vositasi bo‘lishi mumkin.
Hali tarjima qilinmagan