Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

YUQORI MINERALLASHGAN SANOAT OQAVA SUVLARINI KOMPLEKS QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASINI OPTIMALLASHTIRISH

Kamola Zokirjon qizi IbragimovaNizomiy nomidagi, O'zbekiston milliy pedagogika universiteti o‘qituvchisi
2026
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur tezisda yuqori minerallashgan sanoat oqava suvlarini kompleks qayta ishlash texnologiyasini optimallashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Sanoat korxonalarida hosil bo‘ladigan yuqori miqdordagi mineral tuzlar, sulfatlar, xloridlar, og‘ir metallar va organik birikmalar bilan ifloslangan oqava suvlarni samarali tozalash bugungi kundagi dolzarb ekologik va texnologik muammolardan biridir. Bunday suvlarni an’anaviy usullar yordamida tozalash ko‘pincha yetarli natija bermaydi, chunki yuqori minerallashuv membranalarning ifloslanishi, cho‘kma hosil bo‘lishi, korroziya va energiya sarfining ortishiga olib keladi. Tadqiqotda kimyoviy reagentlar yordamida dastlabki tozalash, membranali filtrlash, teskari osmos, elektrodializ hamda bug‘latish-kristallanish jarayonlarini o‘zaro uyg‘unlashtirishga asoslangan kompleks texnologik yondashuv taklif etiladi. Shuningdek, suvni qayta foydalanishga yo‘naltirish, mineral tuzlarni ajratib olish, energiya sarfini kamaytirish va ikkilamchi chiqindilar miqdorini qisqartirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Hozirgi vaqtda sanoat ishlab chiqarishining jadal rivojlanishi natijasida suv resurslariga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Kimyo, neft-gaz, tog‘-kon, metallurgiya, energetika, to‘qimachilik va mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish korxonalarida katta hajmdagi oqava suvlar hosil bo‘ladi. Ushbu oqava suvlarning muhim xususiyatlaridan biri ularning yuqori minerallashganligi, ya’ni tarkibida erigan mineral tuzlar va turli ionlarning yuqori konsentratsiyada mavjudligidir.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar