Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

RAQAMLI SAVODXONLIKNI SHAKILLANTIRISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING ROLI

Zumrad Murod qizi AsilbekovaChirchiq davlat pedagogika universiteti, Biologiya yo‘nalishi 2-bosqich talabasiShodiyona Rasul qizi ShukurovaChirchiq davlat pedagogika universiteti, Biologiya yo‘nalishi 2-bosqich talabasi
2026uz
ABI

Annotatsiya

Zamonaviy ta’lim tizimida raqamli savodxonlikni shakllantirishning pedagogik ahamiyati va ushbu jarayonda pedagogik texnologiyalarning o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida ta’lim oluvchilardan nafaqat axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish, balki raqamli axborotni izlash, saralash, tahlil qilish, baholash, yaratish va undan xavfsiz foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lish talab etilmoqda. Shu nuqtayi nazardan, raqamli savodxonlikni rivojlantirishda interfaol ta’lim, muammoli o‘qitish, loyiha asosida ta’lim, aralash ta’lim va hamkorlikda o‘qitish kabi pedagogik texnologiyalarning imkoniyatlari ochib beriladi. Shuningdek, pedagogning raqamli kompetensiyasi, ta’lim muhitining texnologik ta’minoti hamda ta’lim oluvchilarning mustaqil faoliyatini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar