MOLIBDENITNI SELEKTIV FLOTATSIYALASHDA REAGENTLARNING TA’SIRI VA EKOLOGIK XAVFSIZ DEPRESSANTLARNI TANLASH
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu ilmiy tezisda molibdenitni (MoS₂) mis sulfidli minerallardan selektiv flotatsiyalashda qo‘llaniladigan reagentlarning ta’siri ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilinadi. Molibdenitning tabiiy gidrofobligi, mineral sirtining fizik-kimyoviy xususiyatlari, kollektorlar va depressantlarning flotatsiya jarayonidagi roli ko‘rib chiqiladi. An’anaviy mis depressantlarining samaradorligi bilan bir qatorda, ularni qo‘llashdagi ekologik va texnologik cheklovlar muhokama qilinadi. Organik depressantlar, birikma reagent tizimlari hamda ekologik xavfsizroq muqobil usullarni baholashning asosiy mezonlari aniqlanadi. Adabiyotlar tahlili kelgusida laboratoriya tajribalarini rejalashtirish va selektiv flotatsiya sharoitlarini optimallashtirish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.