“SUV” LEKSEMASINING GRAMMATIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI: MIQDOR, KO‘PLIK VA KELISHIK IFODASI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada o‘zbek tilida suv leksemasining sanalmaydigan (moddiy) ot sifatidagi grammatik xususiyatlari va ularning “suv” konseptini ifodalashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Material sifatida izohli lug‘at ma’lumotlari, 2019–2025 yillarda e’lon qilingan ommaviy axborot matnlaridan olingan kontekstlar hamda grammatik qarama-qarshilikni ko‘rsatuvchi model misollar olindi. Miqdor ifodasida o‘lchov vositalarining uch qatlami ajratildi: tana bilan bog‘liq porsiya birliklari (tomchi, qultum, ho‘plam), idish birliklari (chelak, piyola, kosa) va standart o‘lchov birliklari (litr, kub metr). Ko‘plik shakli suvlar sanoq emas, balki tur, manba va ekspressiv kuchaytirish ma’nolarini ifodalashi, ya’ni moddani individuallashtirish vositasi ekani asoslandi. Kelishik shakllari (suv ichmoq — suvni ichmoq — suvdan ichmoq) noaniq-umumiy, aniq va qismlik (partitiv) ma’nolarini farqlashi ko‘rsatildi. Grammatik vositalar konseptning tushunchaviy qatlamini maishiydan institutsional miqyosgacha bosqichlashi va tomchi kabi eng kichik birlikni qadriyatli ma’noga ko‘tarishi aniqlandi.
Hali tarjima qilinmagan