Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

MEXANIK FAOLLASHTIRISH VA KOLLOID KREMNEZOLNING QURUQ KO'PIKBETON ARALASHMASI XOSSALARIGA TA'SIRI

R. AuezbaevToshkent davlat transport universiteti
2024uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada avtoklavsiz ko‘pikbeton uchun quruq aralashmani mexanik faollashtirish va kolloid kremnezol bilan modifikatsiyalash natijalari bayon etilgan. KMK-15, KMK-20 hamda KMK-30 mahsulotlari sement massasiga nisbatan 0,0005–0,007% miqdorda tekshirildi. Har uch seriyada bir sutkalik mustahkamlikning eng katta qiymati 0,001% dozada kuzatildi. KMK-30 qo‘llanganda sement toshining mustahkamligi 29,0 dan 38,0 MPa gacha ortib, qotish boshlanishi 55 minutga tezlashdi. Mexanik faollashtirish natijasida quruq aralashmaning solishtirma yuzasi taxminan 3100 dan 5100±100 sm²/g gacha oshdi. D400 ko‘pikbetonning 28 sutkalik mustahkamligi 1,5–1,7 MPa dan 1,9– 2,0 MPa gacha yaxshilandi. Sementning 15% qismini maydalangan domna shlaki bilan almashtirish imkoniyati ham baholandi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba