BANK TIZIMIDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA JARAYONLARINING SAMARADORLIGI VA TENDENSIYALARI TAHLILI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada bank tizimida raqamli xizmatlarning iqtisodiy samaradorligi, ularning bank faoliyatini takomillashtirish va moliyaviy xizmatlar sifatini oshirishdagi o‘rni tadqiq etiladi. Xususan, mobil banking, internet-banking, elektron to‘lov tizimlari va masofaviy bank xizmatlarining operatsion xarajatlarni kamaytirish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish tezligini oshirish hamda banklarning raqobatbardoshligini mustahkamlashga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, raqamli bank xizmatlaridan foydalanishda uchraydigan kiberxavfsizlik, raqamli savodxonlik va texnologik infratuzilma bilan bog‘liq muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari bank tizimida raqamli texnologiyalarni samarali joriy etish moliyaviy xizmatlar sifatini yaxshilash va banklarning iqtisodiy samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini asoslashga qaratilgan.