FUNKSIONAL-KERAMIK INFRAQIZIL QURITGICHNI QUYOSH FOTOELEKTRIK ENERGIYASI BILAN TA’MINLASHNING NAZARIY ASOSLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada quyosh fotoelektrik generatori, kuch o‘zgartirgich, funksional-keramik infraqizil nurlatgichlar va quritish kamerasi yagona energetik tizim sifatida tadqiq etildi. Fotoelektrik generatsiyaning harorat va nurlanishga bog‘liq modeli, oniy quvvat hamda sikl energiyasi balanslari, quyosh ulushi va fotoelektrik energiyadan o‘z-o‘zida foydalanish koeffitsiyentlari shakllantirildi. Dissertatsiyada aniqlangan 48 ta nurlatgich bankining 4,03 kVt aktiv quvvati, ventilyatsiya va boshqaruv yuklamalari bilan 4,38 kVt umumiy quvvatga mosligi ko‘rsatildi. 5,53 soatlik loyihaviy sikl uchun to‘liq energiya talabi 24,2 kVt·soat deb baholandi. 6,0 kVt·pik fotoelektrik tizimning mavsumiy ishlashi va R0–R2 rejimlari uchun hisobiy qoplash imkoniyati tahlil qilindi. Ushbu baholar muhandislik modeliga asoslangan bo‘lib, to‘liq sinxron FE–IQ tajribasi bilan tasdiqlanishi lozim.
Hali tarjima qilinmagan