ESKI TURKIY YODGORLIKLARDA “SUV” KONSEPTLI BIRLIKLAR: FUNKSIONAL-SEMANTIK VA DALILLASH ASPEKTI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada eski turkiy til davri yodgorliklari — O‘rxun bitiklari, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” va Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarlaridagi suw/sub “suv” leksemasi ishtirok etgan birliklarning funksional-semantik va dalillash xususiyatlari tahlil qilinadi. Birliklar besh funksional-semantik guruhga ajratildi: kosmologik-sakral (ıduq yer sub), tabiiy hodisa va harakat (suw aqdı, suwlar aqışdı), inson faoliyati (suwgar-, suwal-, suwqa çöm-), fiziologik holat (suwsa-) va metaforik-baholovchi (yüz suwı, söz suwı). Dalillash jihatidan uch tur aniqlandi: sakral kafolat (bitiglarda yer-sub hokimiyatni asoslovchi kuch sifatida), maqol-me’yor (Devondagi Suw körmekinçe etük tartma) va analogiya (Qutadg‘u biligdagi biliglig sözi yirke suw teg turur). “Suv” konseptining sakral, hududiy, amaliy va qadriyatli qatlamlari eski turkiy davrdayoq shakllangani hamda yer-suv, sug‘ormoq, suvsamoq kabi birliklarda hozirgi o‘zbek tiliga uzviy davom etgani asoslandi.
Hali tarjima qilinmagan