Fraktal nazariyasining interyer dizaynda qo'llanilishi va ahamiyati
Annotatsiya
Jamiyatning rivojlanishi bilan odamlarning yashash maydonlariga bo‘lgan ehtiyojlari tobora xilma-xillashib, interyer dizaynga nisbatan talablari ortib bormoqda. Fraktal geometriya va uning tamoyillari so‘nggi yillarda interyer dizayn sohasida katta e’tibor qozonmoqda. Keng tarqalgan o‘z-o‘zini takrorlovchi oddiy va murakkab shakllar va naqshlar, ularning shakllanish jarayoni, fraktal geometriyaning namunalaridan hisoblanadi. Ushbu naqshlar nafaqat estetik jihatdan jozibador, balki inson psixologiyasi va hissiy holatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ilmiy tadqiqotlar bilan tasdiqlangan. Ushbu maqola interyer dizaynida fraktal naqshlarning ahamiyati va zamonaviy dizayn tendensiyalaridagi o‘rnini tahlil qiladi.