Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

TIMSS TOPSHIRIQLARI ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KREATIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH

Ortiqova ZulfiyaFarg‘ona davlat universiteti, Boshlang‘ich ta’lim uslubiyoti kafedrasi dotsenti (PhD)Yuldasheva Manzuma Odiljon qiziFarg‘ona davlat universiteti, 2-kurs magistranti
2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda TIMSS xalqaro baholash dasturi topshiriqlaridan foydalanish masalasi yoritilgan. Unda kreativ fikrlash tushunchasining mazmuni, boshlang‘ich ta’limdagi o‘rni hamda o‘quvchining mustaqil va nostandart fikrlashini shakllantirish imkoniyatlari tahlil etilgan. TIMSS topshiriqlarida matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha bilimni eslab qolish bilan birga, uni amaliy vaziyatlarda qo‘llash, muammoni tahlil qilish va asoslangan xulosa chiqarishga yo‘naltirilgan kognitiv faoliyatlarga e’tibor beriladi. Mazkur xususiyatlardan kreativ fikrlashni rivojlantirish jarayonida ham foydalanish mumkin. Maqolada TIMSS topshiriqlarini o‘quvchini turli yechimlarni izlash, o‘z fikrini tushuntirish va muammoli vaziyatga mustaqil yondashishga undaydigan mazmun bilan boyitish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, TIMSS Integrativ Lab raqamli didaktik platformasidan foydalanishning mazkur jarayondagi imkoniyatlari ham yoritilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar