TARIX TA'LIMIDA VIRTUAL MUZEYLARDAN FOYDALANISH: O'QITUVCHILAR MALAKASINI OSHIRISHNING INNOVATSION YONDASHUVI
Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy raqamli texnologiyalar, xususan virtual muzeylardan foydalanish orqali tarix fani o‘qituvchilarining malakasini oshirish masalalari yoritilgan. Virtual ta’lim vositalarining afzalliklari, ularning pedagogik mexanizmlari, didaktik imkoniyatlari hamda interaktiv ta’lim usullari bilan integratsiyasi ilmiy asosda tahlil qilingan. Shuningdek, virtual muhitda dars dizaynini ishlab chiqish, raqamli pedagogik kompetensiyalarni shakllantirish va malaka oshirish kurslarida virtual vositalarni qo‘llashning istiqbollari ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijasida pedagogik mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya jarayonga virtual muzeylarni tatbiq etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Mazkur maqola tarix o‘qituvchilari, malaka oshirish markazlari metodistlari hamda pedagogik texnologlar uchun foydali bo‘lishi mumkin.