Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Kollokatsiya tushunchasining lisoniy talqini

Haydar HamdamovUniversity of Information Technologies and Management (Axborot texnologiyalari va menejment universiteti), Qarshi, UzbekistanFeruza Qobiljon qizi MustafayevaUniversity of Information Technologies and Management (Axborot texnologiyalari va menejment universiteti), Qarshi, Uzbekistan
2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada kollokatsiya tushunchasining lisoniy talqini zamonaviy lingvistik nazariyalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda kollokatsiyaning idioma va erkin birikmalar oralig'idagi o'rni, uning semantik va struktur xususiyatlari hamda til tizimidagi funksional roli ko'rib chiqiladi. MakKevn va Radev, Halliday va Hasan, Melchuk, Firs hamda Poulsen kabi tilshunoslarning qarashlari asosida kollokatsiyaning turli nazariy talqinlari umumlashtiriladi. Shuningdek, kollokatsiyalarning kognitiv va funksional motivatsiyasi, ularning ongda mustahkamlanishi va semantik ramka nazariyasi bilan bog'liqligi tahlil qilinadi. Bu esa kollokatsiyalar til tizimining leksik, semantik va pragmatik tashkil etilishida muhim rol o'ynashini ko'rsatadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba