FAROVONLIK KONSEPTINING METAFORIK IFODALANISHI: KOGNITIV YONDASHUV
Mamadaliyeva Komila Maxammadqosim qiziAndijon davlat chet tilllari instituti mustaqil tadqiqotchisi
2026
Ochiq kirishGibrid
Litsenziya: cc-by
ABI
Annotatsiya
Ushbu maqolada farovonlik konseptining metaforik ifodalanishi kognitiv tilshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Farovonlik insonning moddiy ta’minlanganligi, ijtimoiy barqarorligi, ruhiy xotirjamligi va hayot sifatini qamrab oluvchi murakkab konsept sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda konseptual metafora nazariyasiga tayanib, farovonlikning boylik, yorug‘lik, o‘sish, yo‘l va makon kabi obrazlar orqali ifodalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, o‘zbek tilidagi maqol va turg‘un birikmalarda farovonlik tushunchasining mehnat, qanoat, birlik va to‘kinlik bilan aloqasi yoritiladi.
Hali tarjima qilinmagan
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos2 ta foydalanilgan manba