EPIK QAHRAMON OBRAZINING SHAKLLANISHIDA MIFOLOGIK VA TARIXIY QATLAMLARNING O‘ZARO MUNOSABATI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada epik qahramon obrazining shakllanishida mifologik va tarixiy qatlamlarning o‘zaro munosabati qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil qilinadi. Xalq qahramonlik eposlarida qahramonning kelib chiqishi, g‘ayritabiiy kuchlar bilan aloqasi, jangovar salohiyati, el-yurt oldidagi mas’uliyati va tarixiy xotira bilan bog‘liq xususiyatlari o‘rganiladi. Xususan, o‘zbek xalqining “Alpomish” dostoni hamda Tibet epik an’anasining muhim namunasi bo‘lgan “Gesar” eposi misolida mifologik motivlar va tarixiy-ijtimoiy tasavvurlarning badiiy uyg‘unligi ochib beriladi. Shuningdek, epik qahramonning idealizatsiya qilinishi, tarixiy voqelikning folklor tafakkuri orqali qayta ishlanishi, og‘zaki ijro va variantlilikning obraz shakllanishiga ta’siri yoritiladi. Maqolada mifologik va tarixiy qatlamlarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish emas, balki ularning epik obraz tarkibida o‘zaro ta’sir qiluvchi badiiy omillar ekanini asoslashga e’tibor qaratiladi.
Hali tarjima qilinmagan