Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

SHARQ VA G‘ARB FALSAFIY TAFAKKURIDA TINCHLIK VA BARQARORLIK FENOMENINING IJTIMOIY-FALSAFIY TALQINI

Inomjon Raximovich Ergashevhttps://orcid.org/0009-0008-1880-9103, Farg‘ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi
2026
ABI

Annotatsiya

Maqolada tinchlik va barqarorlik fenomenlarining Sharq va G‘arb falsafiy tafakkuridagi talqini qiyosiy-tarixiy va germenevtik yondashuvlar asosida tahlil qilingan. «Avesto», Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur merosida tinchlik masalasi inson ma’naviyati, adolat va jamiyat uyg‘unligi bilan bog‘liq holda qaralgani, G‘arb falsafasida esa I.Kant, J.Galtung, K.Boulding kabi mutafakkirlar asarlarida u inson – jamiyat – davlat munosabatlari va institutsional kafolatlar orqali talqin etilgani asoslab berilgan. Tinchlik va barqarorlik bir-biriga yaqin, biroq mustaqil falsafiy kategoriyalar ekanligi hamda G‘arb nazariyalarini «Prometey» va «Sizif» modellari orqali tavsiflash mumkinligi ko‘rsatilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar