Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

AXBOROTNI KRIPTOGRAFIK HIMOYALASHNING NAZARIY ASOSLARI VA ZAMONAVIY AXBOROT XAVFSIZLIGIDAGI O‘RNI

Aliya Axmadjon qizi AbdurasulovaNamangan davlat universiteti, 3-bosqich talabasiQ. A. GaziyevNamangan davlat universiteti fizika-matematika fakulteti, Raqamli ta’lim texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi (Ilmiy rahbar)
2026
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada axborotni kriptografik himoyalashning nazariy asoslari (Shennonning mutlaq maxfiylik nazariyasi, hisoblash murakkabligiga asoslangan xavfsizlik, ochiq kalitli kriptografiyaning matematik muammolari) tizimlashtirilgan hamda ularning zamonaviy axborot xavfsizligidagi o‘rni kvant hisoblash tahdidi nuqtai nazaridan baholangan. Tadqiqotning empirik qismida Intel Xeon (AES-NI, SHA-NI) protsessorli platformada OpenSSL 4.0.2 kutubxonasi yordamida AES-GCM, ChaCha20-Poly1305, SHA-2, SHA-3, BLAKE2b, RSA, ECDSA, Ed25519 va X25519 algoritmlarining unumdorligi o‘lchandi. Natijalar 1 MB hajmli xabarlarda AES-128-GCM o‘tkazuvchanligi ChaCha20-Poly1305 dan 3,9 marta yuqori ekanini (10 843 va 2 759 MB/s), 128 bitli xavfsizlik darajasida ECDSA P-256 imzo yaratishda RSA-3072 dan taxminan 35 marta tezligini ko‘rsatdi. NIST FIPS 203/204 standartlaridagi postkvant algoritmlar parametrlari asosida gibrid kalit almashinuvi (X25519 + ML-KEM-768) uzatiladigan ma’lumot hajmini 32 baytdan 1 216 baytgacha oshirishi aniqlandi. Olingan natijalar asosida milliy (O‘z DSt) va xalqaro standartlarni birlashtiruvchi kriptografik moslashuvchanlikka asoslangan gibrid himoya modeli hamda algoritm tanlash profillari taklif etildi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar