MEXANIK FAOLLASHTIRISH VA KOLLOID KREMNEZOLNING QURUQ KO'PIKBETON ARALASHMASI XOSSALARIGA TA'SIRI
Annotatsiya
Maqolada avtoklavsiz ko‘pikbeton uchun quruq aralashmani mexanik faollashtirish va kolloid kremnezol bilan modifikatsiyalash natijalari bayon etilgan. KMK-15, KMK-20 hamda KMK-30 mahsulotlari sement massasiga nisbatan 0,0005–0,007% miqdorda tekshirildi. Har uch seriyada bir sutkalik mustahkamlikning eng katta qiymati 0,001% dozada kuzatildi. KMK-30 qo‘llanganda sement toshining mustahkamligi 29,0 dan 38,0 MPa gacha ortib, qotish boshlanishi 55 minutga tezlashdi. Mexanik faollashtirish natijasida quruq aralashmaning solishtirma yuzasi taxminan 3100 dan 5100±100 sm²/g gacha oshdi.D400 ko‘pikbetonning 28 sutkalik mustahkamligi 1,5–1,7 MPa dan 1,9–2,0 MPa gacha yaxshilandi. Sementning 15% qismini maydalangan domna shlaki bilan almashtirish imkoniyati ham baholandi.