Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

VANADIY OKSIDLANISH-QAYTARILISH OQIM BATAREYALARI UCHUN TERMIK FAOLLASHTIRILGAN CARBON FELT

2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Dolzarbligi. Vanadiy oksidlanish-qaytarilish oqim batareyalari (VRFB) yuqori xavfsizligi, uzoq xizmat muddati va ekologik tozaligi tufayli qayta tiklanuvchi energiyani katta hajmda va uzoq muddat saqlash uchun eng istiqbolli tizimlardan biri hisoblanadi. VRFB da elektrod sifatida asosan carbon felt (CF) qo‘llaniladi, biroq ishlov berilmagan CF sirtining gidrofobligi va faol markazlarining kamligi vanadiy ionlarining oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari kinetikasini sekinlashtiradi. Havoda termik ishlov berish eng oddiy va arzon usul bo‘lib, CF sirtida kislorodli funksional guruhlar (C=O, C–OH) hosil qiladi va uning ho‘llanuvchanligini oshiradi. Ishning maqsadi tijoriy CF ni havoda 450 va 500 °C da 3 soat davomida termik faollashtirishning uning massasi, ho‘llanuvchanligi, sirt morfologiyasi va element tarkibiga ta’sirini o‘rganishdan iborat. Material va usullar. Qalinligi 3 mm bo‘lgan tijoriy CF dan 2×2 sm o‘lchamdagi namunalar kesib olindi, deionizatsiyalangan suvda yuvildi va quritildi; termik faollashtirish muffel pechida havo muhitida o‘tkazildi. Ho‘llanuvchanlik suv tomchisi usulida, sirt morfologiyasi SEM, element tarkibi EDS yordamida o‘rganildi. Natijalar. 450 °C da massa yo‘qotilishi o‘rtacha 0,9 %, 500 °C da 4,6 % ni tashkil etdi. Ishlov berilmagan CF da suv tomchisi 20 daqiqadan ko‘proq shimilmadi, termik ishlovdan so‘ng esa barcha namunalarda bir zumda shimildi, ya’ni CF sirti gidrofil holatga o‘tdi. SEM tasvirlariga ko‘ra tolalar butunligi saqlangan, 500 °C da tolalar sirtida biroz g‘adir-budurlik kuzatildi. EDS bo‘yicha kislorod ulushi nazorat namunasida 2,20 ± 0,26 %, 450 °C da 2,54 ± 0,64 % va 500 °C da 2,51 ± 0,40 % ni tashkil etdi. Shunday qilib, havoda termik ishlov berish CF sirtini gidrofob holatdan gidrofil holatga o‘tkazadi, tolalar strukturasi esa saqlanib qoladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba