Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

INGLIZ VA O'ZBEK TILIDA KASBGA OID LEKSEMALARDA LAKUNARLIK TAHLILI

2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu tezisda ingliz va o'zbek tillaridagi kasb nomlari doirasida lakunarlikning yuzaga kelish sabablari va namoyon bo'lish shakllari qiyosiy o'rganiladi. Tadqiqotning maqsadi kasbiy faoliyatni anglatuvchi leksemalardagi leksik hamda lingvomadaniy nomuvofiqliklarni aniqlash, ularni tarjimada ifodalash mezonlarini belgilashdan iborat. Tanlab olingan huquqshunoslik va an'anaviy hunarmandchilikka oid birliklar lug'aviy ta'riflari, kasbiy vazifalari va madaniy konteksti asosida tavsiflandi. Tahlil shuni ko'rsatadiki, lakunarlik faqat so'zning yo'qligi bilan emas, balki kasbiy maqom, faoliyat chegarasi va institutlarning turlicha shakllanishi bilan ham bog'liq. Natijalar sohaviy tarjima va ikki tilli terminologik lug'atlar tuzish uchun ahamiyatlidir.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba