Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

RAQAMLI AXBOROTNI HIMOYALASHDA KRIPTOGRAFIK USULLARNING AHAMIYATI VA QO‘LLANISH SOHALARI

Aliya Axmadjon qizi AbdurasulovaNamangan davlat universiteti 3-bosqich talabasiQ. A. GaziyevNamangan davlat universiteti fizika-matematika fakulteti, Raqamli ta’lim texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi (Ilmiy rahbar)
2026uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada kriptografik usullarning raqamli axborotni himoyalashdagi ahamiyati to‘rtta amaliy qo‘llanish sohasi — saqlanayotgan ma’lumotlar, foydalanuvchi parollari, elektron hujjat aylanishi va xabarlar yaxlitligi — misolida eksperimental baholangan. Tajribalarda AES-GCM autentifikatsiyalangan shifrlash rejimi shifrmatnga kiritilgan 10 000 ta o‘zgarishning barchasini aniqladi, autentifikatsiyasiz AES-CTR rejimi esa barcha o‘zgartirilgan ma’lumotlarni hech qanday ogohlantirishsiz qabul qildi. Parolni bir martalik SHA-256 bilan xeshlash 0,0011 ms, Argon2id (19 MiB, t = 2) bilan esa 21,6 ms vaqt oldi; natijada 8 belgili (a–z, 0–9) parollarni bir yadroda to‘liq saralash muddati 36,8 kundan 1 935 yilgacha oshdi. 200 KB hajmli elektron hujjatni imzolash ECDSA P-256 da 0,17 ms, Ed25519 da 0,76 ms, RSA-3072 da 1,09 ms davom etdi. Konvert shifrlash usulida kalitni almashtirish faylni qayta shifrlashdan taxminan 700 marta kam hisoblash talab qilishi ko‘rsatildi. Natijalar asosida qo‘llanish sohalari bo‘yicha kriptografik himoya matritsasi va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar