SUN’IY INTELLEKT TERMINOLOGIK BIRLIKLARINING TRANSFORMATSIYASI: INGLIZ, RUS VA O‘ZBEK TILLARIDA STRUKTURAVIY-SEMANTIK VA TARJIMAVIY XUSUSIYATLAR
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada sun’iy intellekt terminologik birliklarining ingliz, rus va o‘zbek tillarida transformatsiyalanish xususiyatlari strukturaviy, semantik va tarjimaviy jihatdan tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi natijasida terminlarning shakllanishi, o‘zlashtirilishi, tarjima qilinishi va milliy tillarning lingvistik xususiyatlariga moslashuvi zamonaviy terminologiyaning muhim muammolaridan biriga aylanmoqda. Tadqiqotda terminologik transformatsiyaning leksik, semantik, morfologik, sintaktik va pragmatik ko‘rinishlari ajratib ko‘rsatiladi. Artificial intelligence, machine learning, deep learning, natural language processing, generative AI va large language model kabi birliklarning ruscha hamda o‘zbekcha ifodalanish usullari qiyoslanadi. Shuningdek, xalqaro terminlarni o‘zlashtirish va milliy termin yaratish o‘rtasidagi munosabat, terminologik ekvivalentlik, kalkalash, transliteratsiya hamda izohli tarjimaning imkoniyatlari yoritiladi. Tadqiqot natijalari uch tilli terminologik lug‘atlar yaratish, sun’iy intellektga oid ilmiy matnlarni tarjima qilish va o‘zbek tilidagi terminologik me’yorlarni takomillashtirish uchun ahamiyatlidir.