INGLIZ TILIDAGI LATIFALAR TARJIMASIDA KINOYA VA TAGMA’NONING IFODALANISHI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada ingliz tilidagi latifalarni o‘zbek tiliga tarjima qilishda kinoya va tagma’noning ifodalanish xususiyatlari yoritiladi. Kinoyaviy mazmunning shakllanishida so‘zning bevosita ma’nosi bilan so‘zlovchining kommunikativ niyati o‘rtasidagi nomuvofiqlik, tagma’noni anglashda esa kontekst, umumiy bilimlar va madaniy tasavvurlarning o‘rni tahlil qilinadi. Asliyatdagi yashirin baho, kulgi uyg‘otuvchi kutilmagan ma’no burilishi hamda pragmatik ta’sirni tarjimada saqlash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Kinoya va tagma’noni qayta yaratishda kontekstual muqobil tanlash, madaniy moslashtirish va kompensatsiya usullarining imkoniyatlari muhokama qilinadi.