INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA DO‘STLIK HAQIDAGI MAQOLLARDA MILLIY QADRIYATLAR TALQINI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi do‘stlik mavzusiga oid maqollarda milliy qadriyatlarning ifodalanishi, ularning mazmuniy xususiyatlari hamda lingvomadaniy jihatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Maqollarda do‘stga sadoqat, o‘zaro ishonch, mehr-oqibat, hamjihatlik, samimiyat va insoniy munosabatlar kabi tushunchalarning ifodalanishiga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, ikki xalqning tarixiy tajribasi, turmush tarzi va dunyoqarashi do‘stlik haqidagi xalq hikmatlarida qanday aks etishi yoritiladi. Tadqiqot natijalari ingliz va o‘zbek xalqlarining do‘stlik borasidagi umumiy insoniy qarashlari bilan bir qatorda, o‘ziga xos milliy tafakkur xususiyatlarini ham namoyon etadi.