DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARINI BOSHQARISHDA MENEJMENTNING MUVOFIQLASHTIRUVCHI FUNKSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya
Mazkur maqolada davlat-xususiy sheriklik (DXSh) mexanizmini amalga oshirish jarayonida zamonaviy menejmentning muvofiqlashtiruvchi (koordinatsiya) funksiyasining nazariy, uslubiy va amaliy asoslari tadqiq etiladi. Uzoq muddatli va ko'p bosqichli DXSh munosabatlarida davlat idoralari, xususiy korxonalar, moliyaviy institutlar hamda iste'molchilar manfaatlari o'rtasida uyg'unlikni ta'minlash boshqaruvning markaziy vazifasi hisoblanadi. Tadqiqotda 2024-yilda tashkil etilgan DXSh Loyihalari Markazi misolida institutsional muvofiqlashtirish platformasi, risklarni taqsimlash va loyiha ishtirokchilari o'rtasidagi kommunikatsiya zanjiri tahlil qilingan. Shuningdek, O'zbekistonda amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalarida boshqaruv muvofiqlashuvining zaifligi natijasida vujudga keluvchi operatsion va moliyaviy xatarlar baholanib, ularni bartaraf etish hamda menejment samaradorligini oshirish bo'yicha ilmiy amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.