DISFEMIZMLARNING NUTQIY STRATEGIYA VA TA‘SIR VOSITASI SIFATIDAGI PRAGMATIK XUSUSIYATLARI: INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI QIYOSIDA
2026uz
ABI
Annotatsiya
Maqolada disfemizm hodisasi pragmatik nuqtayi nazardan ko‘rib chiqiladi. K. Allan va K. Burridj talqiniga tayanib, disfemizm denotatga yoki tinglovchiga nisbatan haqoratli konnotatsiyaga ega birlik sifatida belgilanadi. Ingliz tilidagi misollar mazkur mualliflar asarlaridan, o‘zbek tilidagi misollar esa X. Qodirovaning Abdulla Qodiriy asarlari bo‘yicha tadqiqotidan olingan. Tahlil disfemizmning haqorat, qarg‘ish, siyosiy baholash va do‘stona hazil kabi vazifalarini hamda ularning kontekstga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Shuningdek, disfemizmlarning lisoniy ifoda vositalari va pragmatik ekvivalentlik muammosi yoritiladi.
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos4 ta foydalanilgan manba