LOYIHA TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING O‘QUV-BILISH FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH
Annotatsiya
Ushbu maqolada loyiha texnologiyalarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishdagi o‘rni va imkoniyatlari yoritilgan. Loyiha metodining shakllanish tarixi, uning didaktik asoslari, boshlang‘ich ta’limda qo‘llanilish xususiyatlari ilmiy manbalar asosida tahlil qilindi. O‘quv-bilish faoliyatining motivatsion, mazmuniy, operatsion va nazorat-baholash tarkibiy qismlari ajratib ko‘rsatilib, loyiha bosqichlarining ularni rivojlantirishga ta’siri asoslandi. Shuningdek, 3-sinf “Atrof olam” fanidan namunaviy loyiha va uni baholash mezonlari taklif etildi. Tadqiqotda nazariy tahlil, kontent-tahlil, qiyosiy-tahliliy va tizimlashtirish metodlaridan foydalanildi.