FUNKSIONAL-KERAMIK INFRAQIZIL NURLATGICHNING SPEKTRAL MOSLIGI VA QUYOSH FOTOELEKTRIK QURITISH TIZIMIDA MAHSULOT QURITISH SAMARADORLIGI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada quyosh fotoelektrik tizimi bilan integratsiyalashishga mo‘ljallangan funksional-keramik infraqizil quritgichning nurlanish xususiyatlari va quritish kinetikasi tahlil qilindi. Nixrom–keramika tizimining elektr-termik ishlash tamoyili, Plank va Vin qonunlari asosidagi spektral maksimum, suvning IQ yutilishi bilan moslik koeffitsiyenti hamda kamera ichidagi issiqlik–massa almashinuvi matematik modeli bayon etildi. 200–400 °C nazariy sirt temperaturasida nurlanish maksimumi 6,12–4,30 mkm oralig‘ida joylashishi, hisobiy spektral moslik keramika uchun 0,33, volfram-galogen lampa uchun 0,14 ekanligi ko‘rsatildi. Olti to‘liq juft mahsulot tajribasida IQ usulida quritishning o‘rtacha davomiyligi 5,42 soat, konvektiv usulda 10,01 soat bo‘lib, tezlashuv 1,86 martani tashkil qildi (95 % ishonch oralig‘i 1,53–2,19). Ushbu natijalar energetik afzallikning mustaqil isboti emasligi va to‘liq sikl energiyasi asosida tekshirish zarurligi ta’kidlandi.
Hali tarjima qilinmagan