Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

LLZO ASOSIDAGI QATTIQ ELEKTROLITLAR SINTEZINING ZAMONAVIY USULLARI

2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Suyuq elektrolitli batareyalarda portlash xavfi va elektrodlar yuzasida dendritlar hosil bo‘lishi batareyalarning ishlash muddatini tez kamaytiradi, shu sababli qattiq holatli batareyalarga o‘tish bu muammolarni hal qilish yo‘li sifatida talqin qilinmoqda. Biroq mavjud sintez usullarining aksariyati yuqori haroratni (litiyning bug‘lanishiga olib keladi), qimmatbaho uskunalar va uzoq vaqtni talab qiladi. Garnet tipidagi LLZO (Li₇La₃Zr₂O₁₂) yuqori ion o‘tkazuvchanligi (>10⁻⁴ S/cm) va litiy metalliga nisbatan kimyoviy barqarorligi bilan boshqa qattiq elektrolitlardan ajralib turadi. Ushbu tadqiqotda LLZO qattiq elektrolitini sintez qilishning mavjud usullari — qattiq fazali sintez (1100–1200 °C), zol-gel usuli (700–800 °C), gidrotermal sintez va uchqunli plazma sintezlash (SPS) — tanqidiy tahlil qilinib, ularning materialning mikrostrukturasi va ion o‘tkazuvchanligiga ta’siri o‘rganildi. Mavjud usullarning kamchiliklarini bartaraf etish uchun nam-mexanokimyoviy aktivatsiya (Wet Ball Milling) va in-situ polimer (PEO) modifikatsiyasini birlashtirgan yangi gibrid usul taklif etiladi: reagentlarning nano-o‘lchamgacha maydalanishi kalsinatsiya haroratini pasaytiradi, polimer qobig‘i litiy yo‘qotilishini to‘xtatadi, LLZO-polimer kompoziti esa keramik elektrolitlarga xos mo‘rtlik muammosini hal qiladi. Natijada mexanik jihatdan egiluvchan, xavfsiz va barqaror ion o‘tkazuvchanlikka ega LLZO-polimer kompozit elektroliti olinadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba