INGLIZCHA O‘ZLASHMALARGA OID IMLOVIY VA TALAFFUZ KO‘NIKMALARINI FANLARARO INTEGRATSIYA ASOSIDA SHAKLLANTIRISH
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada inglizcha o‘zlashmalarga oid imloviy va talaffuz ko‘nikmalarini fanlararo integratsiya asosida shakllantirishning lingvodidaktik asoslari va metodik imkoniyatlari yoritiladi. O‘zbek va ingliz tili fanlari integratsiyasida o‘zlashmalarning yozilishi, talaffuzi hamda o‘zbek tilining fonetik va imloviy me’yorlariga moslashuvini o‘rgatish masalalari ko‘rib chiqiladi. Ingliz tilidagi manba shakl bilan o‘zbek tilidagi o‘zlashgan shaklni farqlash, tovush va harf munosabatlarini qiyoslash hamda tillararo interferensiya bilan bog‘liq xatolarning oldini olishga alohida e’tibor qaratiladi. Qiyosiy tahlil, tinglab farqlash, imloviy mashqlar, xatolar tahlili va kontekstual topshiriqlarni uyg‘unlashtirishga asoslangan metodik tavsiyalar taklif etiladi.