O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA HAYVON NOMLARI QATNASHGAN FRAZEOLOGIZMLARNING LINGVOMADANIY TAHLILI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada o‘zbek va ingliz tillarida hayvon nomlari qatnashgan frazeologizmlar lingvomadaniy jihatdan qiyosiy tahlil qilinadi. Har ikki tildagi iboralar ma’nosi va undagi hayvon obraziga ko‘ra uch guruhga ajratildi: to‘liq ekvivalentlar, qisman ekvivalentlar va faqat bitta tilga xos bo‘lgan milliy frazeologizmlar. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, bir xil ma’no ikki tilda ko‘pincha turli hayvonlar orqali ifodalanadi: masalan, o‘zbek tilidagi tuyaning dumi yerga tekkanda iborasi ingliz tilida when pigs fly tarzida beriladi. Bunday farqlarning asosiy sabablari xalqning turmush tarzi, tabiiy sharoiti, xo‘jalik an’analari va qadriyatlari bilan bog‘liq. Maqolada ot, tuya, it, mushuk, qo‘y va bo‘ri obrazlarining har ikki madaniyatdagi o‘rni ham ko‘rib chiqiladi. Natijalar tarjima amaliyoti va ingliz tilini o‘qitishda foydali bo‘lishi mumkin.
Hali tarjima qilinmagan