INGLIZ VA O'ZBEK ADABIYOTIDA TARIXIY SHAXSLARNING BADIIY ADABIYOTDAGI O'RNI
Annotatsiya
Mazkur tezisda ingliz va o'zbek adabiyotida tarixiy shaxslar obrazining badiiy talqini, ularning adabiy asar mazmuni va g'oyaviy-estetik mohiyatini shakllantirishdagi o'rni tahlil qilinadi. Tarixiy shaxslar badiiy adabiyotda nafaqat real tarixiy voqealarning ishtirokchisi, balki muayyan davrning ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy va axloqiy qarashlarini ifodalovchi obraz sifatida namoyon bo'ladi. Ingliz adabiyotida tarixiy shaxslarning obrazlari, xususan, Uilyam Shekspirning tarixiy dramalarida, shuningdek, Kristofer Marlouning "Edward II" asarida o'ziga xos badiiy talqin qilingan. O'zbek adabiyotida esa Amir Temur, Bobur, Alisher Navoiy, Muhammad Shayboniyxon kabi tarixiy shaxslar obrazlari tarixiy xotira, milliy o'zlik va ma'naviy qadriyatlarni ifodalashga xizmat qiladi. Tadqiqotda Sharq va G'arb adabiy tafakkurida tarixiy shaxs obrazining o'xshash va farqli jihatlari yoritiladi.