Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

PARRANDA SUYAK CHIQINDILARIDAN HAYVONLAR UCHUN KALSIY-FOSFORLI BIOQO‘SHIMCHALAR OLISH

Malikabonu Qudrat qizi NizomiddinovaNavoiy davlat universitetiToʻxtayev Feruz SadulloyevichNavoiy davlat universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Kirish. Parrandachilik sanoatining jadal rivojlanishi go‘shtni qayta ishlash korxonalarida katta hajmdagi organik chiqindilar, xususan, suyak massasining to‘planishiga olib kelmoqda [1]. Bu qoldiqlarni noto‘g‘ri utilizatsiya qilish atrof-muhitni ifloslantiradi va qimmatli mineral hamda oqsil manbalarining yo‘qotilishiga olib keladi [1]. Qishloq xo‘jaligi hayvonlari va parrandalari ratsionida kalsiy (Ca) hamda fosfor (P) miqdori va nisbati suyak to‘qimalarining shakllanishi, mahsuldorlik hamda moddalar almashinuvida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi [2]. Mineral qo‘shimchalar (bo‘r, deftorlangan fosfatlar) tannarxi yuqori bo‘lishi mumkinligi sababli, arzon mahalliy xomashyodan foydalanish dolzarbdir. Parranda suyaklari asosan gidroksiapatitdan iborat bo‘lgani uchun [3], ularni gidrotermik usulda qayta ishlab kalsiy-fosforli bioqo‘shimcha olish chorvachilikda mineral taqchillikni bartaraf etishning istiqbolli yechimi bo‘lishi mumkin. Tadqiqot maqsadi: parranda suyak chiqindilarini gidrote

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar