SIMPTOMSIZ MENINGIOMALARDA KUZATUV TAKTIKASI: TIZIMLI SHARH
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Meningiomalar markaziy asab tizimining keng tarqalgan birlamchi o'smalaridan biri bo'lib, zamonaviy diagnostika usullarining rivojlanishi natijasida ularning simptomsiz shakllari ham ko'proq aniqlanmoqda. Bunday holatlarda faol kuzatuv o'smaning rivojlanishini nazorat qilish va keraksiz jarrohlik aralashuvining oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Mazkur maqolada simptomsiz meningiomalarda kuzatuv usullari, magnit-rezonans tomografiya (MRT) monitoringi, o'sma o'sishiga ta'sir qiluvchi omillar va davolashga o'tish mezonlari yoritilgan. Ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, klinik simptomlari bo'lmagan bemorlarda muntazam kuzatuv ko'plab holatlarda maqbul strategiya hisoblanadi. Kuzatuv muddati o'smaning hajmi, joylashuvi, radiologik xususiyatlari va bemorning umumiy holatiga qarab belgilanadi.