ИССЛЕДОВАНИЕ ЖИРНОКИСЛОТНОГО СОСТАВА АТЕРОСКЛЕРОТИЧЕСКИХ БЛЯШЕК
Annotatsiya
Dolbzarligi. Аterosklerotik plakchalarning yog’ kislotalari tarkibini aniqlash, pilakcha hosil bo'lish jarayonlarini, ularning rivojlanishi va barqarorligini tushunish, shuningdek, aterosklerozning patogenezini tushunish nuqtai nazaridan muhim hisoblanadi. Maqolada bemorlarning arteriyalarining endarterektomiyasi paytida olingan va Bioorganik kimyo institutiga taqdim etilgan arteriyalarning aterosklerotik plakchalarining yog’ kislotalari tahlili natijalari keltirilgan. Usullar. Tadqiqotlar yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi va massa spektrometriya usullaridan foydalangan holda amalga oshirildi. Natijalar. Tahlil natijalari, barcha o’rganilgan aterosklerotik plakchalarda (n=10) 11- gidroksieikosatetraenoik kislota va 15-gidroksieikosatetraenoik kislotaning miqdori yuqori va 9- oksooktadekanoik kislotaning miqdori past bo’lishini ko’rsatdi. 13-oksooktadekadieno kislotasi esa faqat 10 ta plakcha namunasidan 4 tasida aniqlandi. Aterosklerotik plakchalar tarkibida ilgari noma’lum bo’lgan ikkita yog’ kislotalari aniqlandi: 10 ta namunadan 9 tasida 11-oksoeikosatetran kislotasi va 3 ta namunada 5,6-dihidroksieikosatetran kislotasi. Tripsin va pepsin eritmalaridagi pilakchalar tarkibida yuqori miqdorda stearin va olein kislotalari aniqlandi. Ularning pilakchalar tarkibida maqdorining yuqoriligi, ularning aterosklerotik jarayonni keltirib chiqarishda ishtirok etadi deb xulosa qilish imkonini beradi. Xulosa. Blyashkalarning yog 'kislotalari tarkibini aterosklerozning biomarkerlari va terapevtik aralashuvlar uchun maqsadlar sifatida o'rganish istiqbolli deb hisoblanishi kerak.