СПОСОБ МОДЕЛИРОВАНИЯ АТЕРОСКЛЕРОЗА НА ЖИВОТНЫХ
Annotatsiya
Dolzarbligi. Hayvonlarning tajriba modellari kasalliklarni o‘rganishda muhim rol o‘ynaydi shu jumladan, aterosklerozda. Maqolada ateroskleroz modelini chaqirish va tajriba hayvonlari qonining biokimyoviy ko‘rsatkichlarini o‘rganish natijalari keltirilgan. Usullar. Tadqiqotlar quyonlarda ateroskleroz modelida 0,5 ml/kg dozada 10% Sepid preparatiga ergokalsiferol qo‘shilishi bilan olib borildi. Natijalar. Ateroskleroz modeli jarayonining natijalari 3 oy davomida quyonlarning qonidagi lipid ko‘rsatkichlarida sezilarli aniq o‘zgarishlarni ko‘rsatdi. Triglitseridlar, umumiy xolesterin va turli fraktsiyalardagi lipoproteinlarning yuqori miqdori fibrinogen, trombotsitlarning ortishiga olib kelib, hayvonlarga aterogen moddalarni 2 oylik emlashdan keyin eksperimental guruhda PV 16% ga, FQTV 63% ga kamaydi va plazma qayta kalsifikatsiya vaqti 60% ga kamaydi. Tromblanish vaqti 27% ga, 3 oydan keyin dastlabkiga nisbatan 293% ga (23,6±1,8 sek) kamaydi, bu qonning giperkoagulyatsiyasi belgilarini ko‘rsatadi. Umumiy xolesterin ning tarkibi 72-55% ga, triglitseridlar 145% ga, qo‘yi zichlikdagi lipidlar -85%, yuqori zichlikdagi lipidlar 8-46% ga oshdi. Xulosa. 3 oy davomida ateroskleroz jarayonini modellashtirish natijalari quyonlarning qonidagi lipidlar ko‘rsatkichlarida sezilarli darajada o‘zgarishlarni ko‘rsatdi, bu hayvonlarda ateroskleroz jarayonining shakllanishini ko‘rsatadi.