ATEROSKLEROTIK PILAKCHALARNING ELEMENTLI TARKIBINI O‘RGANISH
Annotatsiya
Ateroskleroz zamonaviy tibbiyotning eng muhim muammolaridan biri bo‘lib xisoblanadi, unda arteriyalarning tuzilishi va ichki qavati o‘zgaradi. Bu jarayonlarning barchasi qon tomir bo‘shlig‘ining torayishiga va o‘tkir qon aylanishining buzilishiga olib keladi. Bevosita qon-tomir to‘qimalari kimyoviy elementlarini o‘rganilishi, yurak-qon kasalliklarini, ayniqsa aterosklerozning rivojlanish mexanizmini tushuntiradi. Ayni tadqiqot maqsadi ateroskleroz jarayonidagi turli bosqichlardagi aterosklerotik pilakchalarda microelement tarkibini o‘rganishdir. Buning uchun neytron-aktivasion uslubidan foydalanildi, bu uslub qator xislatlarga ega: yuqori sezgirlik, tanlash va namuna parchalanishi talab qilinmasligidir. Maqolada lipidli, fibrozli, yaralangan va kalsinozlangan pilakchalardagi 13 ta elementning tarkibi aniqlangan. Ateroskleroz kuchayishi jarayonida bir qator essensial elementlarning tarkibining o‘zgarishi kuzatilib, kalsiy, stronsiy, selen, rux va temirning miqdori ortib, brom miqdori esa kamayishi aniqlandi. Qon tomirning aterosklerotik shikastlanishi jarayonida temirning roli borligi taxmin qilingan. Ushbu tadqiqot qon aylanish sistemalari (uyqu tomirlari aterosklerozi va yonbosh arteriya) kasalliklarida klinik-bioximik va patogenetik muammolari, postkovid, nevrolgik, psixiatrik, suyak- bo‘g‘im muommolarini davolash innovasion loyixasiga binoan bajarildi.