PR-TA’SIR KONTEKSTIDA IXTISOSLASHGAN NASHRLAR
Annotatsiya
Maqola zamonaviy jahon jurnalistikasining eng muhim rivojlanish tendensiyalaridan bo‘lgan uning differensiatsiyalashuvi va ixtisoslashuviga bag‘ishlangan. Mazkur tendensiyalarga bir qator olimlarning munosabati ko‘rib chiqiladi. Muallif ixtisoslashgan mediaga xorijlik nazariyotchi olimlarning tavsiflarini keltirib, mazkur tushunchaga o‘z ta’rifini taklif qildi. Maqolada ixtisoslashgan nashrlar kontekstida PR-ta’sir xususiyatlari tahlil qilinadi. Muallif ixtisoslashgan ommaviy axborot vositalarining tipologiyasi, funksiyalari va zamonaviy axborot makonidagi o‘rnini ochib beradi. Tibbiyot, salomatlik mavzusidagi nashrlarning tasnifiga alohida to‘xtalib o‘tiladi. PR-faoliyatida maxsus auditoriyaga yo‘naltirilgan nashrlar orqali ta’sir o‘tkazish imkoniyatlari tahlil etiladi. Ayniqsa, tibbiyot va sog‘liqni saqlash mavzusidagi jurnal va gazeta faoliyati misolida PR-texnologiyalar samarasi ko‘rsatiladi. Germaniya, AQSh, Buyuk Britaniya va Xitoy tajribalari asosida tibbiy nashrlar tipologiyasi va tarixiy rivoji yoritiladi. Maqolada, shuningdek, salomatlik mavzusidagi nashrlar rivojlanishining milliy tajribasi ko‘rib chiqildi. Zamonaviy tibbiyot nashrining kompetentligi va auditoriya bilan axboriy muloqotning ochiqligi sharoitida materiallarni uzatishda jiddiy yondashuvi ularning muvaffaqiyat qozonishi yo‘lidagi muhim omil bo‘lib xizmat qilishi ta’kidanadi. Muallif PR va reklama o‘rtasidagi farqlarga, shuningdek, PR axborotning yashirin ta’sir qilish xususiyatiga alohida e’tibor qaratadi. PR-materiallar orqali aholining salomatlikka oid fikrlarini shakllantirish, ishonch uyg‘otish va faol fuqarolik pozitsiyasiga undash imkoniyatlari ta’kidlanadi. Shuningdek, maqolada bosma nashrlarda PR kontentini samarali shakllantirish zarurati ilgari suriladi. Tadqiqot xulosalariga ko‘ra, ixtisoslashgan nashrlar jamoatchilik bilan uzoq muddatli, barqaror va ta’sirchan kommunikatsiya o‘rnatishda muhim vositaga aylanmoqda.