Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

Birlamchi tibbiyot sanitariya yordami muassasalarida belda og‘riq sindromi bilan bemorlarni integratsiya usulida olib borish

ABI

Annotatsiya

Ma’lum bo‘ldiki umumiy amaliyotda eng ko‘p uchraydigan dolzarb muammolardan biri belda og‘riq sindromidir. Belda og‘riq bilan kelgan bemorlarga aniq diagnoz quyish uchun uning etiologiyasini yaxshi tasavvur etish lozim. Tadqiqot avvalida kutilganidek, bel muammolari umumiy amaliyotdagi dolzarb muammolardan biri ekanligi tasdiqlandi. Aniqlandiki 4437 axoliga ega bulgan OP-da bir yil davomida 212 kishi beldagi ogrik sindromi bilan murojaat qilganligining o‘zi fikrimizning dalilidir. Bu katta yoshli aholi soniga nisbatan 4,7%-ni, jami axoli soniga nibatan esa 3,2%-ni tashkil etadi. Bel muammolari strukturasi retrospektiv va prospektiv guruxlarda deyarli bir xil bo‘lgani uchun, bir yillik statistika sifatida retrospektiv gurux ma’lumotlarini keltiradigan bo‘lsak, kasalliklar orasida osteoartroz va osteoxondrozlar kupchilikni tashkil etadi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar