KOBALT FERRIT ASOSIDAGI MAGNITLI SUYUQLIKNING MAGNITLANISHI
ABI
Annotatsiya
a Ushbu ishda kimyoviy kondensatsiya usulida kobalt ferrit kolloid zarrachalari sintez qilindi va bu asosida magnitli suyuqlik olindi. Rentgen tuzilish tahlili asosida zarrachalar kristall o‘lchamining o‘rtacha qiymati va panjara doimiysi aniqlandi. Kobalt ferrit zarrachalarining o‘lchami va morfologiyasi elektron mikroskopda tekshirildi. Zarrachalarning kimyoviy tarkibi energiya–dispers rentgen nurlari spektroskopiyasi usulida tekshirildi. Kobalt ferrit zarrachalari va suyuqlik solishtirma magnitlanishining magnit maydonga bog‘liqligi tebranishli magnetometrda o‘rganildi.
Mavzular
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba