BIOLOGIYANI O'QITISHDA O'QUVCHILARNING ILMIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISH
Annotatsiya
Annotatsiya: Maqolada o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish va
rivojlantirish uchun biologiyaning asosiy g‘oya, nazariya, qonuniyatlari va
tushunchalari va o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda biologiya
fanining axamiyati to‘g‘risida muloxazalar keltirilgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturida qayd etilganidek, ta‘lim sohasidagi
davlat siyosati insonni intellektual va ma‘naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan
uzviy bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta‘lim tizimi orqali barkamol shaxs-fuqaroni
shakllantirishni nazarda tutadi.
Ushbu vazifalarni hal etish uzluksiz ta‘lim tizimining barcha, shu jumladan,
asosiy bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan umumta‘limda o‘qitiladigan barcha o‘quv
fanlari qatori biologiyaning ham zimmasiga yuklanadi.
Biologiyani o‘qitishda, avvalo, o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini
shakllantirish va rivojlantirish uchun biologiyaning asosiy g‘oya, nazariya,
qonuniyatlari va tushunchalari, amaliyot, xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida
tutgan o‘rni, biologik bilimlarni o‘zlashtirishning ahamiyati bilan tanishtirish
nazarda tutiladi va shu orqali ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va
rivojlantirish, insonning tabiat va jamiyatga ongli munosabatini tarkib toptirish,
shuningdek, kelgusidagi kasbiy faoliyati bilan uzviy bog‘langan holda ta‘lim-
tarbiyaviy tizim vujudga keltiriladi.