UMUMIY PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA AMALIYOTI
Annotatsiya
Mazkur darslik umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti fanidan pedagogik kasbning boshlang‘ich darajasini tanlagan pedagogika oily o‘quv yurtlari talabalari va pedagoglari uchun mo‘ljallangan o‘quv dasturi asosida tayyorlangan bo‘lib, unda pedagogikaning ilmiy asoslari, ta’lim jarayonining mohiyati, ta’lim nazariyasining maqsad va vazifalari, ta’lim jarayonining tamoyillari va metodlari, ta’limni tashkil etish shakllari va baholash mezonlari, tarbiya jarayonining tamoyillari va metodlari, barkamol shaxsni tarbiyalashga doir yo‘llar va vositalar, O‘zbekiston ta’lim tizimini boshqarish, shuningdek ta’lim texnologiyalari va rivojlanishiga oid tarixiy asoslari hamda pedagogik mahoratning tavsifi, o‘qituvchi faoliyatidagi o‘rni, pedagogik qobiliyati, pedagogik muloqot, nutq texnikasi va talabalarni pedagogik faoliyatini tashkil etishga ijodiy yondashish va pedagogik tajriba to‘plash haqida so‘z yuritiladi.