Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

NEFT SHLAMLARINI QAYTA ISHLASH USULLARINI TAXLIL QILISH

Qobul Shirinboy o’g’li HotamovBuxoro muhandislik-texnologiya institutiJasur Alijon o’g’li SafarovBuxoro muhandislik-texnologiya instituti
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada termik, kimyoviy, biologik va fizikaviy kabi neft shlamini utilizatsiya qilish va qayta ishlash usullari muhokama qilinadi, shuningdek har bir usulning afzalliklari va kamchiliklari keltirilgan. O'tkazilgan qiyosiy tahlil natijasida iqtisodiy va ekologik nuqtai nazardan ishlab chiqarish korxonalarida neft shlamlarini qayta ishlash uchun eng yaxshi variant, ya'ni fizik usul tanlandi. neft shlamlarini qayta ishlash uchun uch fazali dekanter qurilmasi taklif qilindi. Dekanter silindrsimon konusli barabanli gorizontal sentrofuga bo'lib, qattiq moddalarni suspenziyalardan doimiy ravishda ajratish uchun qo’llaniladigan qurilmadir. Qurilmadan chiqayotganda neft mahsulotida 2% dan ko'p bo'lmagan suv va 1% mexanik aralashmalar mavjud bo'lib, ular umumiy qabul qilingan standartlarga mos keladi. Dekanterdan foydalanish natijasida neft shlamidan neft mahsulotlarini ajratib olish va keyinchalik ulardan maqsadga muvofiq foydalanish mumkin bo'ladi. Taklif etilayotgan qurilma neft korxonalariga neft shlamlarini qayta ishlashdan qo'shimcha daromad olish, shuningdek, atmosferaga chiqarilayotgan zararli chiqindilar miqdorini kamaytirish va shu bilan atrof-muhitni yaxshilash imkonini beradi.

Mavzular

Iqtiboslar va manbalar