Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

Kamyob metallar ishlab chiqarishda ajralib chiqayotgan chiqindi suvlar tarkibidan metallarni ajratib olish imkoniyatlarini o’rganish

S.K. MamarahimovI.Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filialiSh.D. RahimovI.Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filialiD.B. XoliqulovI.Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali
ABI

Annotatsiya

Jahon miqyosida qimmatbaho metallarning hajmi va miqdori birlamchi rudadan olinadigan metallar miqdoriga qaraganda ancha yuqori boʼlgan qoʼshimcha xomashyo koʼrinishidagi soha texnogen chiqindilaridan foydalanishga yoʼnaltirilgan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan texnogen chiqindilarga ishlov berish, korxonalarda geologik, konchilik va boyitish ishlarini olib borish uchun sarflanadigan kapital xarajatlarsiz xomashyo bazasini sezilarli darajada kengaytirish imkonini beradi. Bundan tashqari, bu ilmiy izlanishlar katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega boʼlishiga qaramay, metallar ionlarining kontsentratsiyasini oshirish va ajratish usullariga, selektiv reagentlarni tanlashga yetarlicha eʼtibor berilmagan, metallar ionlarining oʼzaro taʼsir mexanizmi to’liq oʼrganilmagan, qimmatbaho komponentlarni ajratib olish, ularni qayta ishlash va ekologik muammolarni hal qilishni oʼzida jamlagan metall tarkibli chiqindilar va texnologik eritmalarni qayta ishlashning kompleks texnologiyalarini ishlab chiqishga imkon bermaganligi oʼta dolzarb, ilmiy va muhim iqtisodiy muammo hisoblanadi.

Mavzular

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba