Turizmning rivojida O‘zbekiston tarixiy shaharlarning o’rni va salohiyati
Annotatsiya
O’zbekiston o’zining ko’plab tarixiy me’moriy yodgorliklari ,turf axil iqlimi va tez sur’atlarda rivojlaishi bilan butun dunyo diqqatini tortmoqda .Asrlar mobaynida O’zbekiston Buyuk ipak yo’lining savdo, savdogarlar va sayohatchilar ,jug’rofiyshunoslar va missionerlar ,istilochilar va zabt etuvchilarning yo’lida joylashgan edi .Ayni paytda O’zbekiston tashabbuskor ,madaniyat ,tarix ,an’ana va ekzotik mamlakatlarga qiziquvchilar uchun maftunkor sayyohlik yo’nalishlaridan biriga aylanmoqda .Prezidentimiz tamonidan 1999-yil 15-aprelda “O’zbekistonda turizmni rivojlantirish Davlat dasturi “ga imzo chekildi .Bu dastur mamlakatimizning ichki imkoniyatlarini hisobga olgan holda ,turistlarga xizmat ko’rsatishning g’arbdagi zamonaviy andozalarini ham ,sharqdagi mehmondo’stlik an’analarini ham o’zida mujassam qilgan milliy turizm modelini shakllantirish uchun yanada keng imkoniyatlarni yaratdi.