BOSHLANG'ICH SINFDA O'QITISHNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH USULLARI
Annotatsiya
Didaktik o’yin bolalarda bilish jarayoniga jonli qiziqish uyg’otadi va
ma’lummotlarni qabul qilishga yordam beradi. Bu o’yinlar bolalarning atrof-
muhit haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga, tartibga solishga, qiziqish va
qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Didaktik o’yinlar
o’quvchilar uchun qiyin bo’lgan bilim olish jarayonini yengillashtiradi. Ta’limiy
o’yinlardan, mavzuga oid oddiy qiziqarli savol-javoblardan darsning ma’lum
qismida foydalanish lozim. Boshqotirma, tez aytish kabi o’yinlar muntazam
o’tkazib turilsa, o’quvchilarda ma’lum bir ko’nikmalar hosil bo’lib boradi. Dars
jarayonida o’yinlarni to’g’ri tashkil etish va o’tkazishda vazifalar, qoidalar va
ularning natijalarini tashkil qilishni aniq belgilab olish lozim. Masalan o’qish
darslarida “So’zdan so’z yasash” o’yinini o’tkazish o’quvchilarning lug’at
boyligini oshirishga, so’z boyligini o’stirishga yordam beradi.