TA'LIM JARAYONIDA KREATIVLIK FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH USULLARI
Annotatsiya
O`zbekistonning milliy taraqqiyotga qaratilgan bosh g`oyasi - ozod va obod
Vatan, erkin va farovon xayot barpo etishdir. Binobarin, ozod va obod davlatning
fuqarolari komillik sari intilib yashash maqsadini o`z oldiga qo`yadi. Har qanday
jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy barqarorligi o`sha jamiyat
fuqarolarining ma`naviy-axloqiy, intellektual va kasbiy salohiyati darajasiga
bog`liq. Shunday ekan, ma`naviy-axloqiy va kasbiy jihatdan to`laqonli
shakllanmagan shaxsda o`z vatani, millati, egallagan kasb-kori bilan faxrlanish
tuyg`usi sayoz bo`ladi. Bu holat O`zbekistonning bozor munosabatlariga xos shart
sharoitlarida yaqqol ko`zga tashlanmoqda. Ushbu metodologik fikr va tadqiqot
ishlanmalarimizdan kelib chiqib, shuni aytish lozimki, agar o’quvchi o`quv - biluv
va tarbiyaviy faoliyatning maqsadini bilmasa, o’qituvchi tomonidan qo`yilgan
vazifalarni tushunmaydi hamda qabul qilolmaydi. Bolaning majburiyati qiziqish
asosida bo`lmay, balki majburiy, sun`iy va lozim bo`lsa tazyiq ostida sodir bo`ladi.
O’quvchi mashg’ulotdagi mavzularni shunchaki ko`r-ko`rona “o`rganish”ga yoki
ayrim munosabatlarni quruq yodlab olishga majbur bo`ladi. “O`qituvchi-o`quvchi ”
munosabati “sub`ekt-sub`ekt” munosabatlar darajasiga ko`tarilmas ekan,
o`quvchida ta’lim jarayoniga va bilim, ko`nikma, malakalarini egallashga nisbatan
befarqlik vujudga keladi. Olib borayotgan izlanishlarimiz bolaning shaxsiy,
sub`ektiv tafakkuri rivojiga asoslangan mustaqil fikrini shakllantirish uchun
o’qituvchining kasbiy faoliyatini texnologiyalashtirish, pedagogika fanida
yechimini kutayotgan dolzarb muammo ekanligini ta`kidlaydi.