"SADDI ISKANDARIY" DOSTONIDA QO'LLANILGAN HARBIY TERMINLAR TAHLILI
Annotatsiya
ANNOTATSIYA\n\n\nMa’lumki, “Saddi Iskandariy” asari Xamsaning hajman va mazmunan eng katta dostonidir. Navoiy unda juda ko‘p mavzularni qalamga oladi. Shulardan biri jang sahnalaridir. Dostonda qo‘llanilgan harbiy terminlar jang manzaralarini yanada yorqinroq yoritishga xizmat qiladi. Bu Navoiyning harbiy leksika, taktika va strategiyani mukammal bilganidan dalolatdir. Shuningdek, ushbu maqolamizda harbiy terminlarning ma’nosini izohlashga va ularni qaysi tildan o‘zlashganiga e’tibor qaratdik. Ushbu maqola harbiy mazmundagi atamalarning ma’nosini yaxshiroq o‘rganishga, tarixiy mazmundagi badiiy asarlarni osonroq tushunishga yordam beradi.\n\n\n            Kalit so‘zlar: harbiy, atama, qilich, qalqon, xanjar, tig‘, sipoh, pahlavon, sovut, dubulg‘a.