SOYA CHIQINDISIDAN OZIQ-OVQAT OQSILLARINI OLISH
Annotatsiya
Annotatsiya: Ushbu maqolada soya chiqindisidan oziq-ovqat oqsillari olish
usullari ko’rib chiqilgan. Keyingi paytlarda yildan-yilga aholi soni ortib borayotganligi sababli, insonlarni
oziq ovqat maxsulotlari, oqsil moddalariga bo’lgan talab kuchayib bormoqda. Sifatli
ozuqa va oziq-ovqat oqsilini manbaini topish yo’lida olimlar azal-azaldan izlanib
kelganlar.
Soya urug’ining asosiy biokimyoviy tarkibiy qismi oqsil hisoblanadi. Dunyoda
yetishtiriladigan barcha ekinlar orasida soya eng yuqori proteinli ekinlardan
hisoblanadi. Qimmatli ozuqa ekanligi esa uning ahamiyatini yanada oshiradi. Soya
oqsili tana tomonidan oson so’riladi va tanadagi immunitetni yaxshilaydi.
Adabiyotlarlardan ma’lumki, soya doni massasining 30-50 % oqsillardan iborat va bu
umumiy oqsilning 65-85 % ini tashkil qiladi. Bu esa ko‘p miqdorda soya oqsilini
ajratib olish va turli maqsadlarda foydalanish imkoniyatini beradi [1]. So‘nggi
yillarda ushbu oqsildan tibbiyot sohasida (gidrogellar, suyak plombalari, antibakterial
polipeptidlar olishda), farmasevtika sohasida (IFA test-sistemalari ishlab chiqarishda)
va oziq ovqat sanoatida (bolalar kashasi, kolbasa va x.) xomashyo sifatida keng
miqyosda foydalanilmoqda [2]. Soya-nafaqat oqsil manbai, balki urug’dagi miqdori
16% dan 27% gacha o’zgaradigan yog’ manbai xamdir. Soyaning yana bir xarakterli
xususiyati uglevod miqdorining yuqori emasligidir. Soya oqsili tarkibida tengsiz
aminokislotalarning muvozanatlashgan nisbatlari mavjud va u tuxum va go’sht
oqsiliga tenglashtiriladi. Shuning uchun ham bu oqsilni maqsadga qarab, ajratishning
yangi usullarini ishlab chiqish, xususiyatlarini o‘rganish va inson faoliyatinig turli xil
sohalarida foydalanishga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda.